YANGILIKLAR

Yoshlar tashabbus ko‘rsatganda

img

Joriy yilning 19-yanvar sanasida Samarqand shahridagi  Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti boshlangʻich tashkilot yetakchisi Zohid Mahammadiyev hamda boshlangʻich tashkilotning faol aʼzosi "Agronomiya" fakulteti talabasi Musurmonova Mohiraxonning tashabbusi bilan Samarqand viloyati oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi. 

Oʻyinning birinchi turnirida Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti hamda Ipak yo‘li turizm institutining zukko talabalari ishtirok etishdi.
Qizgʻin savol-javoblar bilan boʻlib oʻtgan oʻyin natijalariga koʻra:
Galaktikos jamoasi (SamISI) 11 ball
BUNYODKOR jamoasi (SamDAQI) 9 ball
SamDTI jamoasi (Tibbiyot insitituti) 8 ball
Silk road jamoasi (Turizm)6 ball 
Ijtimoiy jamoasi (SamDu) 6 ball
Gamma group jamoasi (SamDaQI) 6 ballni qo‘lga kiritdi. 
Kelgusi oʻyinlarda ham barcha jamoalarga omad tilagan holda keyingi oʻyinlarni intizorlik bilan kutamiz. Eslatib oʻtamiz, "Zakovat" intellektual oʻyini savollarini Behzod Sharipov oʻqidi.

@samvmi_bt